O‘zbekiston Tailandni mag‘lub etib, Osiyo kubogi-2023ga guruh g‘olibi sifatida yo‘llanma oldi

Sport 22:31 / 14.06.2022 30642

Namanganda 20 mingdan ortiq tomoshabin qarshisida o‘tgan ushbu bahsdan avval ikki jamoa ham turnirning final qismiga yo‘llanma olishga ulgurgan va bu bahs guruh g‘olibini aniqlab berishi lozim edi.

Uchrashuvning 8-daqiqasida Eldor Shomurodovning uzatmasidan keyin Jaloliddin Masharipov hisobni ochdi – 1:0.

23-daqiqada esa bu safar ham Shomurodovning assistidan keyin Azizbek Turg‘unboyev chap oyoqda darvozabonning uzoq burchagini nishonga oldi – 2:0.

Shu tariqa, Srechko Katanets shogirdlari maksimal 9 ochko jamg‘arib, 1-o‘rinni egallagan holda Osiyo kubogi-2023ga yo‘llanma oldi. Tailand esa 6 ochko bilan 2-o‘rinni egallagan bo‘lsa, Maldiv 3, Shri-Lanka guruhni so‘nggi o‘rinda yakunladi.

Osiyo kubogi-2023 saralashi. 3-tur
O‘zbekiston – Tailand – 2:0

Namangan, «Markaziy» stadion. 21 405 tomoshabin
Bosh hakam: Hasan Akromiy (Eron)
Gollar: Jaloliddin Masharipov 8, Azizbek Turg‘unboyev, 23.
O‘zbekiston: 12.O‘tkir Yusupov, 8.Dilshod Saitov, 2.Umarbek Eshmurodov,  5.Rustam Ashurmatov,  4.Farrux Sayfiyev,  7.Otabek Shukurov, 9.Odil Hamrobekov, 19.Azizbek Turg‘unboyev (22.Oybek Bozorov, 52), 10.Jaloliddin Masharipov (15.Oston O‘runov, 66), 21.Igor Sergeyev (6.Sardor Sobirxo‘jayev, 66), 14.Eldor Shomurodov (11.Sherzod Temirov, 82).
Tailand: 23.Sivarak Tedsungen, 2.Sasalan Haipraxon, 4.Pansa Hemvibun, 15.Tanabun Kesarat, 19.Tristan Do, 3.Tiraton Bunmatan, 6.Sarach Yuyyen, 8.Zitifan Puangjan, 11.Bordin Fala, 16.Fitivat Sukjitzammakul, 17.Chavvat Srinavong.

Ko‘proq yangiliklar: