Yaponiya Janubiy Koreyani yirik hisobda yengib, yarimfinaldagi O‘zbekistonning raqibiga aylandi (Fotoreportaj)

Sport 10:36 / 13.06.2022 23469

Kecha, 12 iyun sanasida chorakfinal doirasidan o‘rin olgan Janubiy Koreya — Yaponiya bellashuvi o‘tkazildi. Unda kunchiqar yurt vakillari 3:0 hisobida g‘alaba qozondi. 

Gollarning 2tasiga Yuito Suzuki, bittasiga Mao Hosoya mualliflik qildi. 

Shu tariqa, Yaponiya yarimfinal ishtirokchisiga aylandi. Ushbu bosqichda ularga musobaqa mezboni O‘zbekiston raqiblik qiladi. 

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston — Yaponiya uchrashuvi 15 iyun, 21:00da, «Bunyodkor» stadionida bo‘lib o‘tadi. 

Quyida Janubiy Koreya — Yaponiya uchrashuvidan fotogalereyani tomosha qilishingiz mumkin. 

Suratlar muallifi — Muhammadjon G‘aniyev.

Ko‘proq yangiliklar: