Rossiyalik harbiylar ishg‘ol qilgan Berdyansk va Melitopol shaharlarida portlashlar sodir bo‘ldi. Rossiya tomonidan tayinlangan «yangi hukumat»lar bu hodisalarni terakt deb baholagan;
Dunyoning turli shaharlarida Rossiya Kuni bilan bir vaqtda urushga qarshi aksiyalar o‘tkazildi. Rossiyadagi aksiyalarda kamida 47 kishi qo‘lga olingan;
Turkiya prezidenti Erdo‘g‘an yaqin vaqt ichida Putin va Zelenskiy o‘rtasida «bug‘doy koridori» masalasida muzokara o‘tkazilishi kutilayotgani haqida xabar berdi;
Britaniya razvedkasi Rossiya Severodonetskda bosqichma-bosqich ilgarilayotganini xabar qilgan. Lugansk harbiy ma’muriyati rahbari shaharga olib boruvchi uch ko‘prikdan ikkitasi butunlay vayron qilinganini, shaharning 70 foizi rossiyalik harbiylar nazoratida ekanini aytgan;
Rossiya Ternopol oblastiga raketa zarbalari yo‘lladi. Rossiya mudofaa vazirligi hujumdan maqsad qurollar ombori ekanini aytgan. Mahalliy rasmiylar raketa zarbasi oqibatida tinch aholi vakillaridan 22 kishi jabrlanganini ma’lum qilgan.
Quyida 12 iyun kuni Ukrainaning turli hududlarida olingan suratlar.