Buyuk Britaniya Mudofaa vazirligi: Rossiya Ukrainaga qo‘shimcha kuchlar jo‘natmoqchi

Jahon 14:46 / 13.06.2022 17323

Buyuk Britaniya mudofaa vazirligi Ukrainadagi urush bo‘yicha navbatdagi hisobotida so‘nggi haftalarda Rossiya, katta ehtimol bilan, harbiy harakatlarda qatnashish uchun ayrim brigadalarning uchinchi batalonlarini tayyorlashni boshlaganini ma’lum qildi.

Qoidaga ko‘ra, uchta batalondan iborat brigadalardan jangovar harakatlarda bir vaqtning o‘zida maksimum holatda ikkita batalon qo‘llanishi mumkin.

Britaniya harbiy razvedkasiga ko‘ra, uchinchi batalonlarda ko‘p hollarda askarlar yetarli emas, shuning uchun Rossiya ularni safarbar qilingan zaxiradagilar va yaqinda shartnoma imzolagan harbiylar hisobiga to‘ldirishiga to‘g‘ri keladi.

Ko‘proq yangiliklar: