Donbassda artilleriya duellari va nobud bo‘lgan sigirlar. Urush suratlari

Jahon 13:58 / 12.06.2022 38748
Yevrokomissiya raisi Ursula fon der Lyayyen Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy bilan qo‘shma matbuot anjumanida. U Ukrainadagi urush davrida ikkinchi bor Kiyevga tashrif buyurdi, u Rossiya bosqini boshlangandan keyin Yevroittifoqning Ukrainaga kelgan ilk yetakchisi bo‘lgandi. Foto: AP Photo/Natacha Pisarenko

Ukrainadagi urush. 11 iyunning asosiy voqealari

  • Ukraina prezidenti ofisi maslahatchisi Aleksey Arestovich urush davrida frontda taxminan 10 ming ukrain harbiysi halok bo‘lganini tasdiqladi.
  • AQSh prezidenti Jo Bayden Volodimir Zelenskiy uning tez orada Rossiyaning keng ko‘lamli hujumi boshlanishi to‘g‘risidagi ogohlantirishlariga quloq solishni istamaganini aytdi. Bunga javoban ukrain amaldorlari Kiyev urushga tayyor bo‘lgani, G‘arb esa Moskva tajovuzini to‘xtatishga yordam bera olmagani haqida gapirishdi.
  • Severodonetskda og‘ir ko‘cha janglari davom etmoqda, Lugansk oblasti ma’muriyati rahbari Sergey Gaydayning ma’lumotiga ko‘ra, «Azot» kimyoviy zavodi intensiv o‘qqa tutilishi oqibatida o‘nlab tonna radiator moyi yonib ketgan. Gayday ukrain harbiylari ko‘cha janglarida ustun kelayotgani, ammo RF armiyasi artilleriya zarbalari orqali Ukraina qurolli kuchlari harbiylari yashiringan uylarni vayron qilayotganini ma’lum qilgan.
  • Xerson va Melitopolda rossiyaliklar tomonidan tayinlangan «yangi hukumat» Rossiya pasportlarini tarqata boshladi. Zelenskiy bunday pasportlarni «faqat bir qancha kollaboratsionistlar va ularning atrofidagi odamlar» olganini aytdi. Ukrainlar prezidentining so‘zlariga ko‘ra, Ukraina armiyasi Xerson oblastidagi bir qishloqni ozod qilishgan va Zaporojye oblastida ma’lum muvaffaqiyatlarga erishgan.
  • Kiyevga Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayyen tashrif buyurdi. U Ukraina prezidenti va bosh vazir bilan uchrashib, ular bilan mamlakatning Yevroittifoqqa a’zoligi masalasini muhokama qilgan.

Quyida 11 iyun kuni Ukrainaning turli hududlarida olingan suratlar.

Kiyev oblasti 

Xavfsizlik bo‘yicha dars vaqtida portlovchi moddalarni tutib turgan bolalar, Kiyev
Alexey Furman / Getty Images
Donbass uchun janglarda halok bo‘lgan ukrain askari xotirasiga Irpenda o‘rnatilgan plakat Rossiyaning fevral oyidagi bosqinidan keyin o‘qlar bilan ilma-teshik qilingan. Rossiya harbiylari mart oyi oxirida shahardan ketgandi.
Christopher Furlong / Getty Images

Xarkov

Ukrain artilleriyachilari Xarkovdan janubdagi Izyum atrofida BM-21 «Grad» baravar o‘t ochish reaktiv tizimini ishga tushirishga tayyorlanmoqda
Anatolii Stepanov / AFP / Scanpix / LETA
Xarkov tashqarisidagi yo‘l belgisi. Shahar o‘qqa tutilishi davom etmoqda
Ivan Alvarado / Reuters / Scanpix / LETA

Nikolayev

Ukraina janubidagi Nikolayevda Qizil Xochning insonparvarlik yordamiga navbatda turgan ayollar. Aholining yarmi shaharda qolgan, urushdan oldin bu yerda qariyb 500 ming kishi yashagan. Foto: Edgar Su / Reuters / Scanpix / LETA
Nikolayev oblastidagi fermaning bug‘doy ekilgan dalasida tankka qarshi o‘rnatilgan to‘siqlar 
Genya Savilov / AFP / Scanpix / LETA

Donbass

Front chizig‘idagi ukrain harbiysi. Donbass hozirda — Rossiya va Ukraina urushidagi asosiy harbiy harakatlar maydoniga aylangan
Aris Messinis / AFP / Scanpix / LETA
Ukraina tanki Soledar shahri hududida
Anatolii Stepanov / AFP / Scanpix / LETA
Donetsk oblasti Svetlodarsk shaharchasida front chizig‘i yaqinida tankni o‘qlayotgan ukrain harbiy xizmatchisi
EPA / Scanpix / LETA
Lisichansk shahri o‘qqa tutilishi vaqtida xavfsiz joyga qochayotgan ukrain askarlari
Aris Messinis / AFP / Scanpix / LETA
Ukrain harbiylari otishma vaqtida yaralangan ayolga yordam ko‘rsatishmoqda, Lisichansk
Aris Messinis / AFP / Scanpix / LETA
Artilleriya zarbalari vaqtida yashiringan joyda qo‘rqib turgan ayol, Lisichansk
Aris Messinis / AFP / Scanpix / LETA
Lisichansklik kishi bolalar bilan velosipedda portlash joyidan qochmoqda
Oleksandr Ratushniak / Reuters / Scanpix / LETA
Ukrainalik qutqaruvchilar Donetsk oblastidagi Baxmut shahrida gumanitar yordam tarqatmoqda
Diego Herrera Carcedo / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Artilleriya zarbalaridan keyin Lisichanskda yonayotgan uy
Aris Messinis / AFP / Scanpix / LETA
Front chizig‘i yaqinida portlashdan nobud bo‘lgan sigirlar
Aris Messinis / AFP / Scanpix / LETA
Lisichanskdan yo‘lga chiqqan evakuatsiya poyezdidagi keksa yoshli ayol. Shahar hozirda rossiyalik harbiylar hujumiga uchramoqda
Bernat Armangue / AP / Scanpix / LETA
Harbiy harakatlar hududidan olib ketilayotgan odamlar evakuatsiya poyezdi Pokrovsk tomon yo‘lga chiqishini kutishmoqda
AP Photo/Efrem Lukatsky

 

 

Ko‘proq yangiliklar: