Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Telegram tez orada yangi funksiyalarga ega premium versiyani taqdim etadi
Pavel Durovning aytishicha, messenjerning pulli versiyasi shu oyda ishga tushadi. Foydalanuvchilarning manfaatlari ustuvor bo‘lib qolishi uchun Telegram asosan reklama beruvchilar tomonidan emas, balki foydalanuvchilar tomonidan moliyalashtirilishi kerak, dedi u. Internetda Telegram Premium'ning ilk imkoniyatlari haqida ma’lumotlar paydo bo‘ldi.

Foto: Tginfo
Telegram asoschisi Pavel Durov messenjerning avval ma’lum qilingan pulli versiyasi taqdim etilishini ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, messenjer ishga tushgach, deyarli 9 yildan buyon foydalanuvchilar uchun boshqa messenjerlardan ko‘ra ko‘proq imkoniyat va resurslar berib kelmoqda.
“Ayni kunlarda chatlar, multimedia va fayllarni yuklash bo‘yicha biz o‘rnatgan cheklovlar (limitga) yetadigan boshqa raqib (boshqa messenjer) yo‘q. Shunga qaramay, ko‘pchilik mazkur cheklovlarni oshirishni iltimos qildi. Muammo shundaki, agar biz hamma uchun barcha cheklovlarni olib tashlasak, serverlar va trafik uchun sarflaydigan xarajatlarimiz boshqarib bo‘lmaydigan holatga keladi. Oqibatda esa bazm (bepul Telegram'ning o‘zi nazarda tutilmoqda – tahr.) hamma uchun tugagan bo‘lardi.
Eng talabchan foydalanuvchilarimiz uchun mavjud funksiyalarni saqlab qolgan holda ko‘proq narsaga ega bo‘lishning yagona yo‘li – pulli obuna orqali limitni oshirish ekanini tushundik. Shu sababli, bu oyda biz xohlagan kishi obuna bo‘la oladigan Telegram premium obuna rejasini taqdim qilamiz. Unda tezlik, resurslar va boshqa qo‘shimcha funksiyalardan foydalanish imkoni bo‘ladi”, – deya yozdi Durov o‘z kanalida.

Messenjer asoschisi ayni vaqtda ishlab turgan barcha funksiyalar bepul bo‘lib qolishi, unga ko‘plab qo‘shimcha yangi funksiyalar qo‘shilishini bildirgan.
Durovning aytishicha, foydalanuvchilar maxfiyligini saqlagan holda turli kanallarda berilayotgan reklamalar o‘ylanganidan ham ko‘ra yaxshiroq o‘zini oqlagan. Lekin, Durov foydalanuvchilar asosiy prioritetda qolishi uchun Telegram asosan reklama beruvchilar tomonidan emas, balki foydalanuvchilar tomonidan moliyalashtirilishi kerak, deb hisoblashini bildirgan.
Hozircha Telegram Premium'ning obuna narxlari va qanday imtiyozlarga ega bo‘lishi haqida rasman ma’lumot berilmadi. Internetda tarqalgan norasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, premium versiyaning taxminiy narxi bir oyga 5 dollarni tashkil qilishi mumkin.

To‘lovdan so‘ng foydalanuvchilarda quyidagi yangi imkoniyatlar bo‘lishi aytilmoqda:
- 4 GB'gacha bo‘lgan fayllarni yuklash (ayni damda yuborish mumkin bo‘lgan bitta faylning maksimum og‘irligi – 2 GB);
- fayllarni yuqori tezlikda yuklash;
- jildlardagi chatlar sonini ikki barobarga oshirish;
- ovozli xabarlarni matnga o‘girish;
- katta hajmdagi premium stikerlar;
- profil oldida premium versiyadan foydalanayotganini ko‘rsatuvchi belgi va boshqalar.
Shuningdek, bunday foydalanuvchilarga Telegram tomonidan taqdim qilinayotgan reklamalar ko‘rsatilmaydi va boshqa funksiyalar ham bo‘lishi mumkin.
Tavsiya etamiz
Soch to‘kilishi, ko‘z osti qorayishi, lab yorilishi: tana tili bizni nimalardan ogohlantiradi?
Jamiyat | 17:08 / 10.07.2025
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
YeI asosiy xomashyoni zaxiralab qo‘yishga chaqirdi
Jahon | 08:34
-
Ummon, Kuvayt, Bahrayn va Qatarda "O‘zbekiston – Ipak yo‘li durdonasi" forumi bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston | 08:32
-
Yevroparlament Ukraina tinch aholisini qiynoqqa solganlarni jazolashga chaqirdi
Jahon | 07:52
-
O‘zbekiston 5 oyda qariyb 10 mingta elektromobil import qildi
O‘zbekiston | 07:47
Mavzuga oid

20:36 / 28.06.2025
Telegram bir nechta OSINT kanallarni blokladi

00:50 / 22.06.2025
Pavel Durov o‘z boyligini 100 dan ortiq farzandlari orasida taqsimlaydi

12:39 / 11.06.2025
Telegram FSB bilan aloqa haqidagi ayblovlarga javob qaytardi

17:30 / 04.06.2025