Osiyo kubogi-2023. Shomurodovning het-triki O‘zbekistonning yirik g‘alabasi va guruhdagi peshqadamligini ta’minladi

Sport 22:26 / 11.06.2022 39358

Namanganda 15 mingga yaqin tomoshabin qarshisida o‘tgan uchrashuv Eldor Shomurodovga ataldi. «Roma» forvardi ilk daqiqadayoq raqib xatosidan unumli foydalanib, hisobni ochdi – 1:0.

51-daqiqadaga kelib Jaloliddin Masharipovning uzatmasidan keyin Shomurodov o‘yinda dublini rasmiylashtirdi – 2:0.

80-daqiqada esa Eldor raqibning xatosini yana bir karra jazolab, bahsda het-trikni rasmiylashtirdi – 3:0.

86-daqiqada esa yana bir legioner – zaxiradan maydonga tushgan Oston O‘runov o‘yindagi 4-golga mualliflik qildi – 4:0.

Shu tariqa, Srechko Katanets murabbiyligidagi O‘zbekiston milliy jamoasi ochkolari sonini 6taga yetkazib, guruhda to‘plar nisbatiga ko‘ra Tailanddan o‘zgan holda yana peshqadamga aylandi.

Osiyo kubogi-2023 saralash bosqichi
S guruhi. 2-tur. 11 iyun
Maldiv orollari – O‘zbekiston – 0:4

Namangan, «Markaziy» stadion.
Bosh hakam: Ma’sud Tuhayli (Suriya)
Gollar: Eldor Shomurodov 1, 51, 80, Oston O‘runov 86.
Maldiv: 22.Muhammad Faysal, 2.Samuh Ali, 3.Ahmad Nu’mani, 4.Husayn Yusuf, 7.Ali Fasir, 8.Aysam Ibrohim, 10.Hamza Muhammad, 13.Akram Abdul G‘ani, 14.Hosham Hassan, 17.Ibrohim Maxudi, 23.Husayn Nihan.
O‘zbekiston: 12.O‘tkir Yusupov, 3.Hojiakbar Alijonov, 4.Farrux Sayfiyev, 5.Rustam Ashurmatov, 18. Abdulla Abdullayev, 7.Otabek Shukurov, 9. Odil Hamrobekov, 17.Dostonbek Hamdamov (22.Oybek Bozorov, 46), 20.Azizbek Amonov (19.Azizbek Turg‘unboyev, 46), 10.Jaloliddin Masharipov (15.Oston O‘runov, 62), 14.Eldor Shomurodov (6.Sardor Sobirxo‘jayev, 82).

Ko‘proq yangiliklar: