Severodonetsk uchun shiddatli janglar, sharqdagi hududlardan evakuatsiya davom etmoqda. Urush suratlari

Jahon 16:00 / 10.06.2022 24273
Britaniyalik Eyden Aslin, marokashlik Saadun Ibrohim va yana bir britaniyalik Shon Pinner tan olinmagan «DXR» hukumati tomonidan «Ukraina qurolli kuchlari safida yollanma jangchilar sifatida jang qilgani» uchun o‘limga mahkum etildi. Aslida ularning uchalasi ham bir necha yildan buyon Ukrainada yashab kelgan va shartnoma asosida Ukraina armiyasida xizmat qilgan, Aslin esa Ukraina fuqaroligini ham olgandi. Foto: Vladimir Gerdo / TASS

Urushning 107-kuni. So‘nggi ma’lumotlar

  • Ukraina harbiy razvedkasi rahbari o‘rinbosari Vadim Skibitskiy Britaniyaning Guardian gazetasiga bergan intervyusida Ukraina Donbassda olib borilayotgan artilleriya urushida yengilayotganini aytdi: uning so‘zlariga ko‘ra, ukrainlardagi artilleriya qurollari rossiyaliklarnikidan 10-15 barobar kamroq, Ukraina ittifoqchilari o‘zlarida bor qurollarning faqat 10 foizini berishgan. Shuningdek Ukrainada sovetlar qurollari uchun snaryadlar tugamoqda.
  • Ukraina bosh shtabining 10 iyun tongidagi axborotida Rossiya qo‘shini muhim tayanch punti Baxmut tomon ilgarilayotgani aytilgan: bosh shtab Rossiya yurishi Vozdvijyenka-Rota rayonida «qisman muvaffaqiyatga erishayotgani»ni qayd etgan - bu rayon Baxmutdan bir necha kilometr sharqda joylashgan.
  • Ukraina armiyasining «Janub» operativ qo‘mondonligi 9 iyun kungi axborotida ukrain aviatsiyasi raqibning daryo kechuvida to‘plangan texnikalari va shaxsiy tarkibiga, Xerson oblastidagi beshta turli aholi punktlarida joylashgan dala omborxonalariga davomli zarbalar berganini ma’lum qilgan.
  • Bloomberg agentligi payshanba kuni anonim manbasiga asoslangan holda Yevropa komissiyasi keyingi hafta oxirida Ukrainaga Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lishga nomzod mamlakat maqomini berish bo‘yicha rasmiy tavsiya berishi mumkin, ammo bunday qaror Yevroittifoq sammitida konsensusga erishish orqali qabul qilinadi, ayrim davlatlar esa - kamida, Niderlandiya va Daniya - Ukraina hali tayyor emas deb hisoblamoqda.

Quyida 9 iyun kuni Ukrainaning turli hududlarida olingan suratlar.

Nikolayev 

Nikolayev aholisi chuchuk suv uchun navbatda. Nikolayev oblasti ma’muriyati rahbari Vitaliy Kim shahar va atrofdagi aholi punktlari rossiyaliklar tomonidan doimiy ravishda o‘qqa tutilayotgani va bosqin xavfi saqlanib qolayotganini aytgan.
Edgar Su / Reuters / Scanpix / LETA

Donetsk 

Zarbalar vaqtida halok bo‘lgan rafiqasi jasadi ustidagi er
Valentin Sprinchak / TASS
Ukrainlar tanki Donetsk oblasti bo‘ylab harakatlanmoqda.
AP Photo/Bernat Armangue

Xarkov 

Xarkov rossiyaliklar tomonidan o‘qqa tutilishidan keyin xususiy turar joy binolari yonishi davom etmoqda
Ivan Alvarado / Reuters / Scanpix / LETA
Ukrainalik qutqaruvchilar Xarkovga uchirilgan snaryad kelib tushgan joyda avtomobilni joyidan qo‘zg‘atishga urinmoqda.
Ivan Alvarado / Reuters / Scanpix / LETA

Donbass shimoli 

Severodonetskdagi front liniyasida joylashgan yo‘l bo‘yidagi avtomobillar qoldiqlari. Shahar uchun og‘ir janglar davom etmoqda.
Oleksandr Ratushniak / AP / Scanpix / LETA
Ukraina qurolli kuchlari askarlari Severodonetsk frontida dron orqali rossiyaliklar pozitsiyasini kuzatishmoqda
Oleksandr Ratushniak / AP / Scanpix / LETA
Dronni boshqarish. Foto: Oleksandr Ratushniak / AP / Scanpix / LETA
Ukrainalik askar Severodonetsk frontidagi janglar vaqtida jangovar pozitsiyani egallamoqda.
Oleksandr Ratushniak / AP / Scanpix / LETA
Ratsiya tutgan ukrain askari Severodonetskdagi og‘ir janglarda qatnashmoqda
AP Photo/Oleksandr Ratushniak
Ukrain askari Severodonetskdagi front chizig‘ida janglarning borishini kuzatmoqda
AP Photo/Oleksandr Ratushniak
Ukrain askari Severodonetsk uchun janglar vaqtida jangovar pozitsiyada turibdi
AP Photo/Oleksandr Ratushniak
Ukrainalik askar Severodonetsk frontidagi janglar vaqtida jangovar pozitsiyada turibdi.
AP Photo/Oleksandr Ratushniak
Ukrainalik pulemyotchi Donbass frontining Gorlovka shahri yaqinidagi Nyu-York posyolkasidagi uchastkasida.
Gleb Garanich / Reuters / Scanpix / LETA
Ukraina qurolli kuchlari harbiylari Nyu-York ostonasida
Gleb Garanich / Reuters / Scanpix / LETA
Rossiyaliklarning artilleriya zarbalari oqibatida halok bo‘lgan tinch aholi vakillari Lisichansk atrofidagi birodarlik qabristonida. Rossiya va «LXR» kuchlari shahar tez orada shturm qilinishini aytishgan.
Aris Messinis / AFP / Scanpix / LETA
Slavyanskdan tinch aholi vakillari evakuatsiyasi. «DXR» shahar uchun janglar boshlanganini e’lon qilgan.
Aris Messinis / AFP / Scanpix / LETA
Lisichanskdan evakuatsiya avtobusi jo‘nashini kutayotgan ona va bola.
Aris Messinis / AFP / Scanpix / LETA
Furgon boshqaruvidagi Yuliya o‘z onasi va qo‘shnilarini Zaporojyega olib ketmoqda. Ko‘ngilli haydovchilar front chizig‘idagi ukrainlarga gumanitar yordamlar yetkazish va u yerdan ketishni istaganlarni evakuatsiya qilish uchun o‘z hayotlarini xavf ostiga qo‘yishmoqda.
AP Photo/Francisco Seco

Kiyev

Portlamay qolgan snaryadlar va boshqa o‘q-dorilarni yig‘ib zararsizlantirish davom ettirilmoqda
AP Photo/Natacha Pisarenko
AP Photo/Natacha Pisarenko
Ukrain askari Kiyev atrofida hudud minalashtirilgani to‘g‘risidagi ogohlantiruvchi tablichka oldidan o‘tmoqda
AP Photo/Natacha Pisarenko
Jurnalist Kiyev atrofidagi hududlarni tozalash bilan shug‘ullanayotgan maxsus brigada tomonidan minalar portlatilishini tasvirga olmoqda
AP Photo/Natacha Pisarenko

 

Ko‘proq yangiliklar: