4 ta hududda chet el valutasining noqonuniy muomalaga kiritilishi oldi olindi
Bosh prokuratura huzuridagi departament Toshkent viloyati boshqarmasi va IIV Transportda XTBBlari tomonidan valuta qimmatliklari noqonuniy muomalaga kiritilishi oldini olish yuzasidan Shayxontohur tumani, Jarariq ko‘chasida tezkor tadbir o‘tkazildi.

Foto: Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti
Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabariga ko‘ra, unda fuqarolar A.I. va N.N. oldindan o‘zaro til biriktirib, 3 600 AQSh dollarini fuqaro Sh.ga 40 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shu kabi, departamentning Yangiqo‘rg‘on tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro X.Z. 3 400 AQSh dollarini fuqaro A.ga 37,5 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Yakkabog‘ tumanida DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan yana bir tezkor tadbirda esa, fuqaro A.R. 3 000 AQSh dollarini 33,3 mln so‘mga fuqaro O.ga sotgan vaqtida ushlanib, jami 3 100 AQSh dollari ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mirishkor tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqarolar K.D. va T.M. o‘zaro til biriktirib, fuqaro M.ga 3 300 AQSh dollarini 36,9 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Yuqoridagi fuqarolar harakatlari bo‘yicha olib borilgan tezkor kuzatuvlarda ular doimiy ravishda valuta qimmatliklarini qonunga zid ravishda ayirboshlash faoliyati bilan shug‘ullanib kelgani ma’lum bo‘lgan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksi 177-moddasi (valuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid

08:46 / 27.02.2025
Ikki hududda valuta savdosi bilan shug‘ullanib kelganlar ushlandi

15:03 / 19.02.2025
Olti hududda valuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelganlar ushlandi

15:00 / 15.02.2025
Valutaga sotib olinadigan aktivlarni baholash tartibiga o‘zgartirish kiritildi

11:01 / 08.01.2025