Qo‘mita ma’lumotlariga ko‘ra, 2022 yilning yanvar-aprel oylarida O‘zbekiston importida yuqori ulushga ega bo‘lgan hamkor davlatlar orasida Xitoy yetakchilik qilmoqda – 2,3 mlrd dollar.
Keyingi o‘rinlardan mos ravishda 1,9 mlrd dollar va 1 mlrd dollarlik mahsulotlar olib kelingan Rossiya va Qozog‘iston joy oldi.
Ushbu ko‘rsatkich qolgan davlatlar kesimida quyidagicha ko‘rinishga ega:
Koreya – 896 mln;
Turkiya – 575 mln;
Germaniya – 422 mln;
Turkmaniston – 205 mln;
Hindiston – 202 mln;
AQSh – 169 mln;
Italiya – 139 mln AQSh dollari.
Bundan oldin O‘zbekiston Qozog‘istondan 430 mln dollarlik oziq-ovqat mahsulotlari sotib olgani xabar qilingandi.