Qo‘mita ma’lumotlariga ko‘ra, 2022 yilning yanvar-aprel oylarida O‘zbekiston eksportida yuqori ulushga ega bo‘lgan hamkor davlatlar orasida Xitoy yetakchilik qilmoqda – 826 mln dollar.
Keyingi o‘rinlardan mos ravishda 700 mln dollar va 577 mln dollarlik mahsulotlar sotilgan Rossiya va Turkiya joy oldi.
Ushbu ko‘rsatkich qolgan davlatlar kesimida quyidagicha ko‘rinishga ega:
Qozog‘iston – 367 mln;
Qirg‘iziston – 262 mln;
Afg‘oniston – 235 mln;
Tojikiston – 139 mln;
Kanada – 69 mln;
Eron – 50 mln;
Turkmaniston – 49 mln AQSh dollari.
Bundan oldin O‘zbekistonga import olma asosan Erondan olib kelinayotgani xabar berilgandi.