Markaziy bank asosiy stavkani 16 foiz etib belgiladi

Iqtisodiyot 12:01 / 09.06.2022 23517

Regulyatorning matbuot xizmati xabar berishicha, unda asosiy stavkani 1 foiz bandga pasaytirib, yillik 16 foiz darajasida belgilash to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

Joriy yilning aprel oyi oxirlarida Markaziy bank asosiy stavkani yillik 17 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirish to‘g‘risida qaror qabul qilgandi.

O‘zbekiston tarixida qayta moliyalash stavkasining eng yuqori ko‘rsatkichi 1995 yilda kuzatilgan bo‘lib, o‘sha paytda asosiy stavka 300 foizga yetgandi. Shundan so‘ng 2017 yilgacha asosiy stavka pasayib borgan va 27 iyunda 9 foizni tashkil etgan.

Ko‘proq yangiliklar: