Futbol va mini-futbol bo‘yicha DXX raisi kubogi Toshkent shahar bosqichiga qur’a tashlandi 

Sport 12:12 / 09.06.2022 21538

Toshkent shahar saralashining dastlabki bosqichlarini muvaffaqiyatli yakunlagan 12 tadan mahallaning futbol va mini-futbol jamoalari Toshkent shahar chempionligi uchun kurashni boshlash arafasida. Kecha ular 2-bosqichdagi raqiblarini bilib olishdi.

So‘nggi yillarda an’anaviy ravishda o‘tkazilayotgan ushbu musobaqa o‘tgan yilda 60 mingdan ziyod yoshlarni o‘z atrofida birlashtirishga erishgandi. Turnirda ishtirokchilar 3 bosqichda bosh sovrin uchun kurash olib boryapti.

I-bosqich tuman saralash musobaqalari 2022 yilning aprel-may oylarida o‘tkazildi, II-bosqich – Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlar bo‘yicha saralash musobaqalari iyun-iyul oylarida, III-bosqich – respublika bo‘yicha final musobaqalari avgust oyida o‘tkaziladi.

O‘tgan yilgi musobaqada Qashqadaryo viloyati, Qamashi tumani, "Samarqand" MFY jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritgandi.

Foto: tribuna.uz
Foto: tribuna.uz
Foto: tribuna.uz
Foto: tribuna.uz
Foto: tribuna.uz
Foto: tribuna.uz
Foto: tribuna.uz
Foto: tribuna.uz
Foto: tribuna.uz
Ko‘proq yangiliklar: