Osiyo kubogi saralashi. O‘zbekiston Shri-Lankani yirik hisobda mag‘lub etdi

Sport 22:48 / 08.06.2022 24364

Srechko Katanets murabbiyligidagi dastlabki rasmiy o‘yinda vakillarimiz qit’aning autsayderlaridan biri ustidan yirik hisobda zafar quchishdi. Namangandagi bahsda murabbiyning imzosi emas, ko‘proq futbolchilarning individual mahorati milliy jamoamiz g‘alabasini ta’minladi. 

Masharipov 36-daqiqada jarima nuqtasidan ajoyib zarbasi bilan hisobni ochdi – 1:0.

Ikkinchi bo‘limning boshida esa bu safar Dostonbek Hamdamov jarima nuqtasidan chap oyoqda yo‘llagan zarbasi bilan stadionni ikkinchi marta larzaga keltirdi – 2:0.

61-daqiqada esa vakillarimizning ketma-ket hujumlari himoyachi Farrux Sayfiyevning goli bilan yakunlandi – 3:0.

Shu tariqa, milliy jamoamiz saralash bosqichini yirik hisobdagi g‘alaba bilan boshlab, guruhda Tailand bilan qo‘shhokimlik o‘rnatdi.

Osiyo kubogi-2023 saralashi. 
S guruhi. 1-tur. Namangan.
O‘zbekiston — Shri-Lanka – 3:0

Hakam: Zoriq Munir (Indoneziya)
Gollar: Jaloliddin Masharipov 36, Dostonbek Hamdamov 47, Farrux Sayfiyev 61.
O‘zbekiston: 12.O‘tkir Yusupov, 3.Hojiakbar Alijonov, 4.Farrux Sayfiyev, 5.Rustam Ashurmatov, 18. Abdulla Abdullayev, 7. Otabek Shukurov, 9. Odil Hamrobekov (6.Sardor Sobirxo‘jayev, 86), 10. Jaloliddin Masharipov (22.Oybek Bozorov, 73), 17.Doston Hamdamov (19.Azizbek Turg‘unboyev, 73), 20. Azizbek Amonov (21.Igor Sergeyev, 63), 14. Eldor Shomurodov.
Shri-Lanka: 1.Sujan Pereyra, 3.Harsha, 4.Chalana Chamira, 6.Raznayoke, 7. Akib, 8.Asikur Rahuman, 10.Dillon Shenan, 12.Muhammad Shobir, 13.Jyesuzasan, 16.Xettige Don, 23.Dilhara
Zaxira: 20.Prabaz Ruvan, 22.Lakpriya Fernando, 2.Madushan, 5.Kajakopan, 9.Muhammad Shifan Nazir, 11.Shenal Sandesh, 14.Muhammad Naizir Fasal, 15.Nizarshan, 17.Jude, 18.Abdul Basiz, 19. Muhammad Navshad, 21. Aman.

Ko‘proq yangiliklar: