Osiyo chempionati U-23. O‘zbekiston Qatar darvozasiga javobsiz 6ta gol yo‘llab, muddatdan avval chorakfinalga yo‘llanma oldi

Sport 22:00 / 04.06.2022 35002

«Paxtakor» stadionida 30 mingga yaqin tomoshabin qarshisida o‘tgan bahsda Temur Kapadze shogirdlari yirik hisobda zafar quchishdi. Birinchi bo‘limda Jaloliddinov, Erkinov va Norchayevning gollaridan keyin tanaffusga 3:0 hisobidagi g‘alaba bilan chiqqan vakillarimiz, ikkinchi bo‘limda Hoshimov, Jiyanov va avtogol evaziga hisobni o‘ta yirik ko‘rinishga keltirishdi – 6:0.

Shu tariqa, O‘zbekiston U23 jamoasi ikki o‘yinda 6 ochko jamg‘arib, muddatdan avval chorakfinalga yo‘llanma olgan turnirdagi ilk jamoaga aylandi. Kapadze shogirdlari 3-turni Qarshida Eronga qarshi o‘tkazadi. Chorakfinalda esa V guruhida 2-o‘rinni egallaydigan jamoaga qarshi saf tortadi.

4 iyun (shanba)
Osiyo chempionati U-23. 2-tur
Qatar – O‘zbekiston – 0:6 (0:3)

Toshkent, 29 754 nafar tomoshabin.
Hakamlar: Muhannad Qosim (Iroq)
Gollar: Jasur Jaloliddinov 5, Hojimat Erkinov 20, Husayn Norchayev 45+1, Ulug‘bek Hoshimov 60,  Yusuf Ayman 63 (avtogol), Ruslan Jiyanov 67.
Qatar U-23: 22.Saloh Zakariya, 2.Ali Malola, 5.Yusuf Ayman, 6.Osama Abdulkarim, 7.Abdulrashid Umar, 8.Mustafo Tariq, 9.Yusuf Abdurizo, 10.Hoshim Ali, 12.Abdulla Isa Al-Sulaiti, 15.Jassim Abdulsalom, 19.Ahmad Suhayl.
O‘zbekiston U-23: 1. Abduvohid Ne’matov, 2.Saidazamat Mirsaidov, 3. Doston Tursunov, 5. Muhammadqodir Hamraliyev, 7. Hojimat Erkinov, 8.Ibrohim Ibragimov, 9.Ulug‘bek Hoshimov, 10. Jasur Jaloliddinov, 16. Alibek Davronov, 19. Husayn Norchayev, 23. Abduraf Bo‘riyev.
Zaxira: 12.Vladimir Nazarov, 21.Hamidullo Abdunabiyev, 4.Abubakr Rizo Turdialiyev, 6. Jaloliddin Sodiqov, 11. Otabek Jo‘raqo‘ziyev, 13. Eldor Begimov, 14.Abbosbek Fayzullayev, 15.Odilbek Abdumajidov, 16. Shahzod Toirov, 17. Diyor Xolmatov 20.Ruslanbek Jiyanov, 22.Alisher Odilov.

Ko‘proq yangiliklar: