O‘zbekiston Qozog‘istondan 430 mln dollarlik oziq-ovqat mahsulotlari sotib oldi

Iqtisodiyot 08:35 / 03.06.2022 27955

Qo‘mita ma’lumotiga ko‘ra, 2022 yilning yanvar-aprel oylarida O‘zbekistonga oziq-ovqat mahsulotlari importida yuqori ulushga ega bo‘lgan hamkor davlatlar orasida Qozog‘iston yetakchilik qilmoqda – 430,3 mln dollar.

Keyingi o‘rinlarni mos ravishda 284 mln dollar va 128 mln dollarlik oziq-ovqat mahsulotlari olib kelingan Rossiya hamda Braziliya egalladi.

Ushbu ko‘rsatkich qolgan davlatlar kesimida quyidagicha ko‘rinishga ega:

  • Belarus – 49,3 mln;
  • Pokiston – 39,4 mln;
  • Ekvador – 21,5 mln;
  • Turkiya – 21 mln;
  • Xitoy – 18,1 mln;
  • Eron – 17 mln;
  • Ukraina – 11,8 mln AQSh dollari.

Bundan oldin O‘zbekistonga import qilingan oziq-ovqat mahsulotlari qiymati ma’lum bo‘lgandi.

Ko‘proq yangiliklar: