Slavyansk hovlilarida voronkalar, Soledarda bunkerlardagi hayot. Urush suratlari

Jahon 15:08 / 01.06.2022 23386

31 may kuni Lugansk oblasti rahbari Sergey Gayday rossiyalik harbiylar Severodonetskning katta qismini nazorat qilayotganini aytdi. Checheniston rahbari Ramzan Qodirov shaharni «total tozalash» ishlari yakunlanganini ma’lum qildi. The Wall Street Journal manbasi Vashington Ukrainaga Kiyev so‘ragan raketa tizimlarini yuborishini, ammo bu Rossiya hududiga yeta oluvchi raketalar bo‘lmasligini xabar qildi. 23 mingdan ortiq ukrain qochqinlari AQSh hududiga kirishga ruxsat olgan. Italiya bosh vaziri Mario Dragi YeIning deyarli barcha yirik davlatlari hozirda Ukrainaga Yevroittifoqqa nomzod maqomi berilishiga qarshi ekanini aytdi. Kanada Alina Kabayevaga qarshi sanksiyalar joriy etdi. Avvalroq Buyuk Britaniya ham shunday yo‘l tutgandi.

Germaniya kansleri Olaf Shols Berlindagi Reyxstag binosida Germaniya parlamenti yig‘ilishida nutq so‘zlamoqda
AP Photo/Markus Schreiber

Ukrainadagi urushning 98-kuni. So‘nggi ma’lumotlar:

  • Rossiyalik harbiylar Severodonetskni shturm qilishda davom etmoqda va alohida bo‘linmalar shahar markazini egallashgan. Lugansk oblasti harbiy ma’muriyati ma’lumotiga ko‘ra, shaharning 70 foiz hududi rossiyaliklar nazoratiga o‘tgan, Lisichansk ukrainlar nazoratida qolmoqda.
  • Prezident Jo Bayden AQSh Ukrainaga rossiyaliklarnikidan uzoqroq masofaga otuvchi artilleriya qurilmalari yetkazib berishi haqida yozdi. Prezident ma’muriyatidagi manba gap 70-80 km masofaga zarba beruvchi HIMARS baravar o‘t ochish tizimlari haqida ketayotganini aytdi.
  • Bayden o‘z kolonkasida AQSh Rossiya va NATO o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri mojaro kelib chiqishini istamasligi va Rossiyada Putin rejimi ag‘darilishiga qaratilgan qadamlar tashlamasligini aytgan. AQSh prezidenti, shuningdek ochiq muzokaralarda ham, yopiq muzokaralarda ham Ukraina rahbarlariga Rossiyaga hududiy yon berish borasida ta’sir qilish niyatida emasligini ta’kidlagan.
  • Rossiya Donetsk oblastida yurishlarini davom ettirmoqda, artilleriya va minomyotlardan intensiv tarzda o‘t ochilmoqda. Ukraina qurolli kuchlari ma’lumotiga ko‘ra, Baxmut yo‘nalishida rossiyalik harbiylar ukrain harbiylarini Belogorovka va Vrubovkadagi pozitsiyalaridan surib chiqarishga intilmoqda.
  • Gretsiya Ukrainaga sovetlar davriga mansub jangovar piyodalar mashinalarini beradi, buning evaziga Germaniyadan zamonaviy Marder zirhli mashinalarini oladi. Bir necha hafta oldin nemis ishlab chiqaruvchilari va mudofaa vazirligi bunday harbiy mashinalar Ukrainaga yetkazib berilishini ma’lum qilgandi.

Quyida 31 may kuni Ukrainaning turli hududlarida olingan suratlar.

Donbass shimoli 

Donetsk oblastidagi Slavyansk shahri aholisi snaryaddan hosil bo‘lgan voronka oldidan o‘tmoqda. Amerikadagi Urushlarni o‘rganish instituti ma’lumotlariga ko‘ra, rossiyalik harbiylar Izyumdan janubi-sharqda, Limandan g‘arbroqda joylashgan Slavyansk yo‘nalishida yurish qilmoqchi.
Aris Messinis / AFP / Scanpix / LETA
Slavyanskda turar joy binosiga kiraverishdagi zinapoyada to‘kilgan qon. Bino tunda raketa zarbalariga uchragan.
Francisco Seco / AP / Scanpix / LETA
Slavyanskda yashovchi 73 yoshli ayol tungi otishmalardan shikastlangan kvartirasida.
Francisco Seco / AP / Scanpix / LETA
Shahar aholisi vakili velosiped yukxonasiga chamadonini mahkamlamoqda.
Andriy Andriyenko / AP / Scanpix / LETA
Donetsk oblasti shimoli-sharqidagi Soledar shahridagi bunker yerto‘lasida noutbukda ishlayotgan yigit. Urushdan oldin shaharda 11 mingga yaqin aholi istiqomat qilgan, hozir u yer deyarli bo‘shab qolgan. Shaharda qolganlar bombapanagohlarda yashamoqda. Soledar sharqiy front chizig‘idan taxminan besh kilometr uzoqlikda joylashgan va rossiyalik harbiylar artilleriyasi tomonidan o‘qqa tutilmoqda: shahar qamaldagi Severodonetskdan chiquvchi yo‘l bo‘yida joylashgan.
Rick Mave / SOPA Images / LightRocket / Getty Images
Ukrain harbiysi front chizig‘iga yaqin joylashgan pozitsiyadagi boshpanada, Donetsk oblasti.
Serhii Nuzhnenko / Reuters / Scanpix / LETA

Xarkov oblasti

Kupyansk shahridan evakuatsiya qilingan ayol turmush o‘rtog‘i bilan ko‘rishmoqda. Kupyansk rossiyalik harbiylar tomonidan egallab olindi. Foto: Ivan Alvarado / Reuters / Scanpix / LETA
Xarkovda qutqaruvchilar otishmalardan jabrlangan turar joy binosida ishlamoqda.
Vitalii Hnidyi / Reuters / Scanpix / LETA
Xarkovlik ayol turar joy binosi o‘qqa tutilishi natijasida halok bo‘lganlar orasidan qarindoshini qidirmoqda.
Ivan Alvarado / Reuters / Scanpix / LETA
Xarkovdagi o‘qqa tutilgan turar joy binosida ishlayotgan qutqaruvchi tin olmoqda. Bino ichida halok bo‘lgan tinch aholi vakillarining jasadlari qolgan.
Ivan Alvarado / Reuters / Scanpix / LETA

Chernigov oblasti

Yonib ketgan tank qoldig‘i Chernigov oblastining Kolichovka qishlog‘idagi Ugor daryosida. Rossiya qo‘shinlari urush boshida Chernigov oblastiga kirgan, ammo mart oyining oxirida u yerdan chekingandi. Chernigov va Kiyev oblastlaridan ketgach, rossiyalik harbiylar asosiy e’tiborini Donbassni egallashga qaratdi.
Alexey Furman / Getty Images

Kiyev oblasti

Borodyankada yig‘ish punktidagi kiyim uyumlari yonida turgan ayol.
Natacha Pisarenko / AP / Scanpix / LETA
Borodyankada otishmadan vayron bo‘lgan uy oldida yugurayotgan bola. Posyolka urush boshida yoppasiga o‘qqa tutilgan, endi u normal hayotga qaytmoqda.
Natacha Pisarenko / AP / Scanpix / LETA
Borodyankaga hujum vaqti vayron bo‘lgan binolar orasida velosiped haydab ketayotgan ayol
AP Photo/Natacha Pisarenko
Edvard Zelenskiy va Nila Zelenskayaning Potashnayaga hujum vaqtida vayron bo‘lgan uyi xarobalari. Oila bosqinning ilk kunlarida xavfsiz hududlarga ketgandi. Foto: AP Photo/Natacha Pisarenko
Nila Zelenskaya vayron bo‘lgan uyi xarobalaridan nabirasining qo‘g‘irchog‘ini topib oldi
AP Photo/Natacha Pisarenko
Borodyankadagi vayron bo‘lgan uylar oldidagi mashinada o‘z qarindoshlarini kutayotgan bolakay
AP Photo/Natacha Pisarenko

 

Ko‘proq yangiliklar: