Ukrainada rossiyalik harbiylar 11,5 yilga qamaldi

Jahon 15:14 / 31.05.2022 9225

Ukrainada rossiyalik harbiylar Aleksandr Bobikin va Aleksandr Ivanov 11,5 yildan muddatga ozodlikdan mahrum etildi. Sud ularni harbiy jinoyatlar sodir etishda aybdor deb topdi.

Sud jarayoni Poltava oblastida bo‘lib o‘tdi, prokurorlar ayblanuvchilar urush an’analari va odatlarini buzganligi uchun 12 yilga ozodlikdan mahrum etishni so‘ragandi.

Sud majlisida Bobikin va Ivanov Xarkov oblastidagi obektlarga o‘q uzishda qatnashganiga iqror bo‘ldi.

23 may kuni Kiyevning Solomenskiy sudi rossiyalik harbiy Vadim Shishimarinni bir umrga ozodlikdan mahrum qilgandi. U tinch aholi vakilini o‘ldirishda ayblangan.

Ko‘proq yangiliklar: