Lavrov Ukraina g‘allasini dengiz orqali olib chiqib ketish shartini aytdi

Jahon 16:30 / 31.05.2022 24689

G‘arb nima muhimligini: Ukrainadan oziq-ovqat mahsulotlarini olib chiqish mavzusida piar qilishmi yoki bu muammoni hal qilishda aniq qadamlarmi, shuni aniqlab olishi kerak, dedi Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov.

"Ukraina portlaridan g‘alla ortilgan kemalar chiqishi uchun ukrainaliklar Ukrainaga qarashli territorial suvlarni minalardan tozalashi kerak. Minalardan tozalash masalasi hal bo‘lsa, Rossiya harbiy-dengiz kuchlari kemalarning to‘sqinliklarsiz o‘tishini ta’minlaydi", - dedi u. 

Lavrovning qayd etishicha, "Rossiya bir oydan buyon Ukraina portlaridagi kemalarning erkin chiqib ketishini kafolatlagan holda kerakli choralarni ko‘rmoqda". 

"Rossiya tomoni o‘ziga bog‘liq barcha narsaga kafolat beradi, G‘arb mamlakatlari esa oziq-ovqat xavfsizligi muammosi bo‘yicha piar qilish yoki bu muammoni yechish uchun aniq qadam qo‘yish muhimligi borasida jiddiy o‘ylab ko‘rishi zarur. Gap ularda", - dedi Lavrov.

Avvalroq Yevropa diplomatiyasi rahbari Jozep Borrel Ukrainada 20 mln tonna g‘alla saqlanayotganini aytgandi.

Ko‘proq yangiliklar: