Poroshenko uchinchi urinishda Ukrainadan chiqishga muvaffaq bo‘ldi

Jahon 14:33 / 30.05.2022 27759

Ukraina sobiq prezidenti Petro Poroshenko mamlakatdan chiqishga muvaffaq bo‘ldi. Bu haqda uning "Yevropeyskaya solidarnost" partiyasi deputati Viktoriya Syumar xabar berdi.

"Petro Poroshenko Yevropa xalq partiyasi sammitiga jo‘nab ketdi", - deb yozdi u Facebook sahifasida.

28 may kuni Poroshenko ikki marta Polsha chegarasi orqali mamlakatdan chiqib ketishga uringandi.

Ukraina nashrlarining yozishicha, Petro Poroshenko pasport nazoratidan o‘tayotganida unga berilgan safar guvohnomasidagi QR-kodni o‘qish va hujjatning haqiqiyligini aniqlashning imkoni bo‘lmagan. Shu bois unga chegarani kesib o‘tishga ruxsat berilmagan. 

Sobiq prezident davlatga xiyonat va terrorizmga aloqadorlikda gumon qilingan. 

Ko‘proq yangiliklar: