Nigeriyada maymun bezgagi kasalligidan ilk o‘lim holati qayd etildi

Jahon 19:28 / 30.05.2022 9230

Nigeriyada maymun bezgagi kasalligidan ilk o‘lim holati qayd etildi, deb xabar berdi mamlakat kasalliklar profilaktikasi va nazorati markazi (NCDC).

"2022 yil 29 may holatiga ko‘ra, mamlakatning 9ta shtatida 21ta holat tasdiqlangan. Yo‘ldosh kasalliklari bo‘lgan 40 yoshli bemor vafot etdi", - deyiladi markaz xabarida. 

Markazning bildirishicha, mamlakatda maymun bezgagiga qarshi kurash multisektoral boshqarmasi ish boshlagan.

Maymun chechagi birinchi marta 1970 yilda Kongo Demokratik Respublikasida odamda aniqlangan. Kasallikning alohida holatlari Markaziy va G‘arbiy Afrika mamlakatlarida kuzatilgan.

20 may kuni Germaniyada infeksiyaning birinchi holati aniqlangan. Bungacha Yevropada, jumladan, Buyuk Britaniya, Portugaliya, Ispaniya, Italiya, Fransiya va Belgiyada bu yuqumli kasallikning bir necha holati kuzatilgan edi.

Hozirgi kunga qadar Yevropa va Shimoliy Amerikada odamlarda maymun chechagi infeksiyasining yuzdan ortiq holatlari qayd etilgan.

Ko‘proq yangiliklar: