Nazarboyev global yadroviy xavfsizlik masalalari bilan shug‘ullanayotganini aytdi

Jahon 14:43 / 30.05.2022 14587

Qozog‘istonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyev global yadroviy xavfsizlik masalalari bilan shug‘ullanmoqda. U bu haqda siyosatshunos Doniyor Ashimboyevga bergan intervyusida aytdi.

«Global yadroviy xavfsizlik masalalari bilan shug‘ullanmoqdaman. Mening farmonim bilan Semipalatinskdagi poligon yopilganidan so‘ng Qozog‘iston yadroviy qurolsizlanish yetakchisi deb topilgan. Biz yadroviy arsenaldan voz kechganmiz. Bundan tashqari, memuarlar ustida ishlayapman», - dedi Nazarboyev. 

Nazarboyev prezidentlikdan ketganidan so‘ng ko‘plab davlatlarning rahbarlari uni o‘z mamlakatlariga taklif qilishganini aytdi. 

«Ularning barchasiga minnatdorlik bildiraman. Mening bevosita ishtirokimda tuzilgan Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi, Turkiy davlatlar tashkiloti meni o‘zlarining faxriy raisi etib sayladi», - dedi u. 

Nursulton Nazarboyev Qozog‘istonni qariyb 30 yil boshqargan. U 2019 yil martda prezident lavozimini tark etgan.

Ko‘proq yangiliklar: