Erdo‘g‘an Putinga Turkiyada Rossiya-Ukraina-BMT uchrashuvini o‘tkazishni taklif qildi 

Jahon 20:10 / 30.05.2022 14184

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an rossiyalik hamkasbi Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda “Onado‘li” agentligi xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, ular ikki tomonlama munosabatlar, Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi urush bilan bog‘liq vaziyatni muhokama qildi.

“Turkiya davlati rahbari RF va Ukraina o‘rtasidagi tinchlik poydevorini tezroq tiklash, urushning salbiy oqibatlarini kamaytirish, tomonlar o‘rtasida ishonch muhitini shakllantirish bo‘yicha harakatlar zarurligini qayd etdi”, deyiladi xabarda.

Erdo‘g‘an Putin bilan muloqoti davomida Turkiya Istanbulda Rossiya, Ukraina va BMT uchrashuvini o‘tkazishga tayyorligini ma’lum qildi.

Turkiya prezidenti tomonlar mazkur tashabbusni qo‘llab-quvvatlashiga umid bildirdi.

Ko‘proq yangiliklar: