Turkiya prezidenti Ozarboyjonga bordi

Jahon 17:17 / 28.05.2022 11151

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Bokuga tashrif buyurdi. Tashrif Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyevning taklifi bilan tashkil etildi.

Erdo‘g‘anga tashrif davomida rafiqasi Emine Erdo‘g‘an, qator vazirlar va rasmiylar hamrohlik qiladi.

Rajab Toyyib Erdo‘g‘an tashrif doirasida «TEKNOFEST-Ozarboyjon» aviatsiya, kosmonavtika va texnologiyalar festivalida qatnashdi. 

Turkiya prezidenti shuningdek, ASAN markazi va Boku ilmiy markazi ochilish marosimida ishtirok etadi.

Bundan tashqari, Turkiya va Ozarboyjon prezidentlarining oliy darajadagi uchrashuvini o‘tkazish rejalashtirilgan.

Ko‘proq yangiliklar: