Rossiyani yil boshidan buyon 40 ming nafar IT-mutaxassis tark etgani ma’lum bo‘ldi

Jahon 14:49 / 28.05.2022 7345

Yilning birinchi yarmida Rossiyani 40 ming nafar IT-mutaxassis tark etdi yoki tark etadi, deb xabar berdi «RBK» «Russoft» assotsiatsiyasiga asoslanib.

«Ma’lum bo‘lishicha, 162ta kompaniyaning 30-40 foiz rossiyalik xodimi boshqa davlatga ko‘chishga rozi bo‘lgan va ommaviy ravishda ketishni boshlagan. Taxminan 20-30 foizi hozircha bir qarorga kelmagan, qolganlari esa Rossiyada qolishga qaror qilgan», — deyiladi xabarda.

Rossiyani tark etganlarning barchasi Ukrainada «maxsus operatsiya» boshlangani sababli boshqa davlatga ketishga qaror qilgan. Ekspertlarning fikricha, ularning yarmi 2022 yil oxirigacha qaytib kelishi mumkin.

Ommaviy ravishda ketgan IT-mutaxassislarning aksariyati Rossiyadagi ofisini yopishga qaror qilgan xorij kompaniyalarida ishlaydi.

Mamlakatni shuningdek, rivojlangan xorij bozorlarida ishlaydigan va o‘z mijozlarini yo‘qotgan Rossiya kompaniyalari xodimlari ham tark etmoqda. Bundan tashqari, frilanserlar ham Rossiyani tark etayotganlar safiga qo‘shilgan.

Ko‘proq yangiliklar: