Poroshenkoga Ukrainani tark etishga ruxsat berilmadi

Jahon 19:57 / 28.05.2022 16891

Ukraina sobiq prezidenti Petro Poroshenkoga NATO parlament assambleyasida qatnashish uchun mamlakatdan chiqishiga ikkinchi marta ruxsat berilmadi. Bu haqda "Ukrainskaya pravda" o‘z manbalariga tayanib xabar berdi.

Nashrning yozishicha, Poroshenko juma kuni Ukraina-Polsha chegarasida mamlakatdan chiqishga rad javobini olganidan so‘ng shanba kuni yana chegaradan o‘tishga harakat qilgan.

"Yevropeyskaya solidarnost" partiyasi deputati Viktoriya Syumar Feysbuk sahifasida "chegarachilar barcha hujjatlar taqdim etilmagani, ammo qanday hujjatlar ekanligini aytishmayotgani"ni ma’lum qildi.  

Shanbaga o‘tar kechasi deputat Irina Gerashchenko chegarachilar Poroshenkoni NATO parlament assambleyasida qatnashish uchun chegaradan hech qanday sabablarsiz o‘tkazishmaganini xabar qilgandi. Uning so‘zlariga ko‘ra, chegarachilar sobiq prezidentning safar guvohnomasini "soxta yoki bekor qilingan" deb hisoblashgan.

"Ukrainskaya pravda"ning yozishicha, Petro Poroshenko pasport nazoratidan o‘tayotganida unga berilgan safar guvohnomasidagi QR-kodni o‘qish va hujjatning haqiqiyligini aniqlashning imkoni bo‘lmagan.

Ko‘proq yangiliklar: