Shri-Lanka defoltdan so‘ng Rossiyadan neft sotib ola boshladi

Jahon 17:49 / 27.05.2022 9976

Shri-Lanka mamlakatdagi yagona neftni qayta ishlash zavodi uchun Rossiyadan neft sotib olishni boshladi. Rossiyaning Siberian Light nefti Sapugaskandedagi Ceylon Petroleum kompaniyasi zavodida qayta ishlanadi, deb ma’lum qildi direktorlar kengashi raisi Sumit Vijyesinge. 

Shri-Lanka energetika vaziri Kanchana Vijyesekeraning so‘zlariga ko‘ra, zavod ikki yarim oylik tanaffusdan so‘ng faoliyatini qayta tiklaydi.

Vijyesingening so‘zlariga ko‘ra, Siberian Light — Sapugaskandedagi zavod qayta ishlay oladigan kamdan-kam neftlardan biri. Zavodda shuningdek, Eronning yengil nefti va BAAning Murban nefti qayta ishlanadi.

Shri-Lanka bir necha oydan beri energetika va oziq-ovqat inqirozini boshdan kechirmoqda. 

Mamlakat aprel oyida tashqi qarzlar bo‘yicha «ogohlantiruvchi defolt» e’lon qilgandi.

Ko‘proq yangiliklar: