Rossiyada guruch eksport qilish taqiqlanishi mumkin 

Jahon 21:00 / 27.05.2022 9071

Rossiya qishloq xo‘jaligi vazirligi guruch eksportini vaqtincha taqiqlash taklifi bilan chiqdi.

Vazirlik bu borada tegishli qaror loyihasini tayyorladi.

Cheklovni 2022 yil 1 iyuldan 31 dekabrgacha kiritish taklif qilinmoqda.

Avvalroq Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin ichki bozordagi barqarorlikni ta’minlash maqsadida 30 iyungacha YeOII mamlakatlariga g‘alla eksport qilishni taqiqlash to‘g‘risidagi qarorni imzolagandi. 

Bundan tashqari, 31 avgustgacha Rossiyadan uchinchi mamlakatlarga shakar va shakarqamish xomashyosini eksport qilish taqiqlangan.

Ko‘proq yangiliklar: