DTM chet tilidan ijodiy imtihon tartibi va savollar namunalarini e’lon qildi

O‘zbekiston 11:09 / 27.05.2022 23419

2022–2023 o‘quv yili qabulidan boshlab xorijiy tillar bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlashga ixtisoslashgan

  • O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti;
  • Samarqand davlat chet tillar instituti;
  • Toshkent davlat sharqshunoslik universitetining

fanlar majmuasiga chet tili birinchi fan sifatida kiritilgan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga hamda

  • Toshkent davlat pedagogika universiteti;
  • Qo‘qon davlat pedagogika instituti;
  • Nukus davlat pedagogika institutining xorijiy tillar bo‘yicha pedagoglarni tayyorlovchi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish imtihonlarida chet tili fanidan tinglab tushunish, o‘qish, yozish hamda gapirish kompetensiyalarini aniqlash va baholashga qaratilgan kasbiy (ijodiy) imtihon o‘tkaziladi.

DTMning xabar berishicha, ijodiy imtihon uchun jami 2 soat 45 daqiqa vaqt ajratiladi. Lekin aprobatsiyalar natijasiga ko‘ra o‘zgarishlar bo‘lishi mumkin.

1-bo‘lim: Tinglab tushunish (45 daqiqa / 5 qism / 30 savol/ 30 ball)

2-bo‘lim: O‘qish (60 daqiqa / 5 qism / 30 savol/ 30 ball)

3-bo‘lim: Yozish (45 daqiqa / 2 topshiriq / 30 ball)

4-bo‘lim: Gapirish (15 daqiqa / 3 qism / 30 ball)

Jami to‘planishi mumkin bo‘lgan ball: 120 ball

Hozircha faqat ingliz tilidan savollar namunalari e’lon qilindi. Savollar B1 darajada, boshqa OTMlarning chet tili savollari bilan bir xil darajada bo‘ladi. 

Ko‘proq yangiliklar: