Dam olish kunlari yomg‘ir yog‘ib, salqin havo kuzatiladi

O‘zbekiston 10:45 / 27.05.2022 13852

“O‘zgidromet” xabariga ko‘ra, respublika bo‘yicha qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda momaqaldiroq bo‘ladi. Kunduz kuni havo harorati 23-28 daraja issiq atrofida bo‘ladi.

Ertaga Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida kechasi va ertalab, Toshkent viloyatida va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida esa kechasi va kun davomida yomg‘ir yog‘ishi saqlanib turadi. Respublikaning qolgan hududlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. 

Respublikaning barcha hududlari sovuq antitsiklon ta’siri ostida bo‘ladi, buning hisobiga harorat foni iqlim me’yoridan 6-9 darajaga past bo‘ladi va 21-26 daraja issiqdan yuqori bo‘lmaydi.

Yakshanba kuni hududning katta qismida quruq va kam bulutli ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, faqat Toshkent viloyati va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida kechqurun momaqaldiroq bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi biroz ehtimoli bor. Kechasi havo harorati 10-15 daraja iliqqacha pasayadi, kunduzi esa 23-28 daraja issiqqacha ko‘tariladi.

27-29 mayda respublika bo‘yicha shimolda shamol 18-23 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlari kuzatilishi kutilmoqda.

Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida 27-29 may kunlari vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, 27-28 may kunlari ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi, sel-suv toshqin hodisalari kuzatilishi mumkin. 

Ko‘proq yangiliklar: