"Ukrainadagi azob-uqubatlarni bas qiling!": Germaniya prezidenti Putinga murojaat qildi

Jahon 15:04 / 26.05.2022 17884

Germaniya prezidenti Frank-Valter Shtaynmayyer Vladimir Putinni Ukrainadan qo‘shinlarni zudlik bilan olib chiqib ketishga chaqirdi.

"Ukraina suverenitetini hurmat qiling, jangovar harakatlarni to‘xtating", - dedi Shtaynmayyer.

"Janob Putin, Ukrainadagi azob-uqubatlar va buzg‘unchiliklarni bas qiling! Qo‘shinlaringizni olib chiqib keting! Prezident Zelenskiy bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri va jiddiy muzokaralardan bosh tortmang!", - deya murojaat qildi u Rossiya prezidentiga.

Shtaynmayyer shuningdek, "Putinning tajovuzkor urushi faqat Ukrainadagi odamlargagina ta’sir qilmayotgani"ga e’tibor qaratdi.

"Yaqin oylarda dunyoning ko‘plab hududlariga, ayniqsa, Sharqiy va Janubiy Afrikaga ocharchilik va o‘limlar tahdid soladi", - dedi u.

Germaniya prezidenti "Putin urushining oqibatlari hali koronavirus pandemiyasidan tiklanishga ulgurmagan davlatlar va iqlim inqirozi sababli qurg‘oqchilikka duch kelgan hududlarga zarba berishi"ni ta’kidladi. 

Ko‘proq yangiliklar: