Pokiston sobiq bosh vaziri Imron Xon hukumatga ultimatum qo‘ydi 

Jahon 15:38 / 26.05.2022 20600

Pokiston sobiq bosh vaziri va “Tahriki insof” partiyasi rahbari Imron Xon hukumatga ultimatum qo‘ydi, deb xabar berdi “Kommersant’”. 

Xon olti kun ichida parlamentni tarqatib yuborish va muddatidan oldin saylovlar belgilashni talab qilmoqda.

Pokiston parlamenti 10 aprel kuni bosh vazir Imron Xonga ishonchsizlik votumi e’lon qilgan va uni lavozimidan chetlatgandi.

25 may kuni Imron Xon tarafdorlari Islomobod shahrida norozilik aksiyasi o‘tkazdi. Norozilik aksiyasi chog‘ida politsiya bilan to‘qnashuvlar sodir bo‘ldi. 

“Men bu import qilingan hukumatga murojaat qilmoqchiman: olti kun ichida saylovlarni belgilang. Parlamentni tarqating va iyunda saylovlar o‘tkazing”, — deya Xonning so‘zlaridan iqtibos keltirgan AFP. 

Uning qo‘shimcha qilishicha, agar bu talablar bajarilmasa, norozilik namoyishlari davom etadi. 

Ko‘proq yangiliklar: