Jazoir prezidenti ortiqcha gazni Italiyaga jo‘natishga va’da berdi

Jahon 18:50 / 26.05.2022 5645

Jazoir ortiqcha gazni Italiyaga jo‘natishni ko‘zlamoqda, dedi Jazoir prezidenti Abdulmajid Tabbun.

"Biz ortiqcha gazni Italiyaning so‘roviga asosan bu mamlakatga jo‘natamiz, u esa bizning gazni Yevropaga tarqatishi mumkin bo‘ladi", - dedi Tabbun italiyalik hamkasbi Serjo Mattarella bilan birga o‘tkazilgan matbuot anjumanida.

U shuningdek, Jazoir "Yevropaning bir qismini elektr energiyasi bilan ta’minlash uchun Italiya bilan dengiz orqali tarmoq yaratish"ga tayyorligini bildirdi.

Tabbunning so‘zlariga ko‘ra, u italiyalik hamkasbi bilan Tunisni inqirozdan olib chiqishda yordam berishga kelishib olgan. 

Ko‘proq yangiliklar: