Blinken AQSh Tayvan mustaqilligini qo‘llab-quvvatlamasligini aytdi 

Jahon 22:46 / 26.05.2022 14356

"Biz Tayvan mustaqilligini qo‘llab-quvvatlamaymiz. Va Tayvan bo‘g‘ozi sohillari orasidagi qarama-qarshiliklar tinch yo‘l bilan hal qilinishini kutamiz", - dedi u. 

Blinkenning so‘zlariga ko‘ra, Vashington Tayvan masalasida "har qanday bir tomonlama o‘zgarishlarga qarshi". 

Shu bilan birga, Blinken Xitoy Tayvanga nisbatan borgan sari provokatsion tarzda harakat qilayotganini ta’kidladi. 

Avvalroq AQSh prezidenti Jo Bayden Xitoy hujum qilgan taqdirda Tayvanni harbiy yo‘l bilan himoya qilishga va’da bergandi

Ko‘proq yangiliklar: