AQShning Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili O‘zbekistonga kelyapti

O‘zbekiston 07:52 / 26.05.2022 5745

2022 yil 26-28 may kunlari Amerika Qo‘shma Shtatlarining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Tomas Vest boshchiligidagi delegatsiya tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘ladi.

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi xabariga ko‘ra, AQSh delegatsiyasi O‘zbekiston hukumati vakillari, jumladan, tashqi ishlar vaziri v.b. Vladimir Norov va O‘zbekiston prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Ergashev bilan muzokaralar o‘tkazadi.

Qayd etilishicha, uchrashuvlarda Afg‘onistondagi bugungi vaziyat yuzasidan fikr almashish ko‘zda tutilgan.

Shuningdek, ushbu mamlakatga gumanitar yordam ko‘rsatish masalalari ko‘rib chiqiladi.

Bundan oldin AQSh davlat kotibi yordamchisi boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekistonga kelgandi.  

Ko‘proq yangiliklar: