2022 yilda qariyb 5 ming gektar maydonda dorivor o‘simliklar plantatsiyalari barpo etiladi

O‘zbekiston 07:43 / 26.05.2022 2662

“Rasmiy xabarlar” kanali xabariga ko‘ra, 2022 yilda tizim o‘rmon xo‘jaliklari tomonidan 4984 gektar maydonda dorivor o‘simliklar plantatsiyalarini barpo etib, 8555 tonna dorivor o‘simliklar xomashyosini tayyorlash rejalashtirilgan.

Shuningdek, tizimdagi 54 ta davlat o‘rmon xo‘jaliklari tomonidan 195,1 gektar maydonda 8 turdagi (lavanda, rozmarin, mavrak, timyan, godji va boshqa) noyob dorivor o‘simliklarning tajriba plantatsiyalari barpo etildi.

2022 yil bahor mavsumida tizimdagi 27 ta davlat o‘rmon xo‘jaliklari tomonidan 11,5 gektar maydonda noyob turdagi golubika, malina, smorodina dorivor o‘simliklarning onalik tajriba plantatsiyalari barpo etildi.

Bundan oldin dorixonalarga litsenziya bo‘yicha yangi talab qo‘yilishi xabar berilgandi.

Prezident farmoniga ko‘ra, Sog‘liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi bilan birgalikda 2022 yil 1 sentabrdan boshlab dorixona sotuv zali peshtaxtalarining kamida 10 foiziga dorivor o‘simliklar xomashyosidan tayyorlangan biologik faol qo‘shimchalar va dori vositalarini joylashtirishni dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilishning litsenziya talablari va shartlariga kiritish choralarini ko‘radi.

Ko‘proq yangiliklar: