Xorijda jigari dardidagi bemor: “Kelin bo‘lib qaynanamning ham, erimning ham xizmatini qilolmadim...” 

Jamiyat 14:00 / 25.05.2022 8309

Bir necha oylar davomida kasallik bilan kurashib, sog‘ayish uchun harakat qilayotgan Ziyodaning homiladorligi ma’lum bo‘ladi. Ammo xasta ayolga farzandini bag‘riga bosish nasib qilmadi – bola erta tug‘uruq chog‘ida nobud bo‘ladi.

“Qonimda gepatit B virusi borligini bilmagan ekanman. Turmushga chiqqanimdan so‘ng bu kasallik bezovta qila boshladi. Hozir shifokorlar zudlik bilan jigar ko‘chirish operatsiyasi kerakligini aytishdi. Kelin bo‘lib yangi oilamda bir kun ham xizmat qilolmadim. Avvalgiday sog‘lom yashashni orzu qilyapman. Bunga yaxshi insonlarning yordami kerak”, - deydi bemor.

Ayni paytda oila Hindistondagi klinikada jigar ko‘chirish operatsiyasi uchun jo‘nab ketishgan. Ikki oilaning birlari qizi uchun, birlari kelini uchun barcha topgan-tutganlarini to‘plab xorijdagi muolajalar uchun berishgan bo‘lsa-da, katta miqdordagi xarajatlar uchun yetmayapti. Ziyodaning hayotini saqlab qolish uchun unga turmush o‘rtog‘i o‘z jigarining bir parchasini berib, donorlik qilish niyatida.

Oila qurib, hayotning eng baxtiyor onlarini birga o‘tkazishni orzulagan yosh oila bugun xorijdagi kasalxonada bir-birlari uchun fidoiylik qilishmoqda. Ularning hayoti birgalikda davom etishi, farzandlar qurshovida yashashlari uchun imkon qadar ko‘maklashish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlar: 

Ziyodaxon Xo‘jayevaga oid ma’lumotlar:

Uzcard: 8600 3104 4245 5028 turmush o‘rtog‘i Abdurahmon Xo‘jayev nomida

Humo: 9860 0401 2105 2977 turmush o‘rtog‘i Abdurahmon Xo‘jayev nomida

Viza: 4195 2500 4508 8414 turmush o‘rtog‘i Abdurahmon Xo‘jayev nomida

Ko‘proq yangiliklar: