Xorazmdagi 13 ta madaniy meros obyektida noqonuniy qurilma aniqlandi

O‘zbekiston 10:35 / 25.05.2022 9126

Jumladan, Madaniy meros agentligi prokuratura idoralari bilan birgalikda o‘tkazilgan tekshirishda respublika bo‘yicha 108 ta madaniy meros obektida 146 ta noqonuniy qurilma borligi aniqlangan. Shulardan 13 tasi Xorazm viloyatiga to‘g‘ri kelmoqda.

O‘rganishlar yakuniga ko‘ra, ba’zi noqonuniy qurilmalar buzilgan, ayrimlarini buzdirish yuzasidan sudlarga da’vo arizasi kiritilgan. 26 nafar shaxs ma’muriy javobgarlikka tortilgan.

Madaniy meros obektlarida tashqi reklama joylashtirish «Reklama to‘g‘risida»gi qonunga asosan qat’iy taqiqlangan, ushbu obektlar va ularning yondosh hududlari reklamadan xoli hudud etib belgilangan.

Biroq, joylarda mazkur qonun talabini qo‘pol ravishda buzish holatlari kuzatilgan. Urganch va Xiva shahrida 132 ta madaniy meros obekti o‘rganilganda, 2 ta obektda 2 ta reklama banneri o‘rnatilgani aniqlangan. O‘rganishlar davomida reklama bannerlari olib tashlanib, madaniy meros obektlari ko‘rinishi asl holatiga qaytarilgan.

Turizm va madaniy meros obektlari  infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 10 martdagi 110-sonli qaroriga ko‘ra, Madaniy meros sohasi obektlarini rivojlantirishga 117,3 mlrd so‘m mablag‘ ajratilishi rejalashtirilgan bo‘lib, Xorazm viloyati bo‘yicha quyidagi obektlarda restavratsiya va ta’mirlash ishlari olib boriladi:

  • Xiva shahridagi «Qibla tozabog‘» madaniy meros obektini qayta ta’mirlash, qisman konservatsiya qilish, muzeylashtirish hamda turistik marshrutga kiritish uchun kerakli infratuzilmasini yaratish.
  • Xiva shahridagi «Ibrohimxo‘ja madrasasi» arxeologik yodgorligini qayta ta’mirlash va restavratsiya qilish, tevarak-atrofini obodonlashtirish.
  • «Said mohi ro‘i jahon» maqbarasini qayta ta’mirlash va restavratsiya qilish, tevarak atrofini obodonlashtirish.
Ko‘proq yangiliklar: