Xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarning tijorat banklarida ochilgan “transh schetlari” tugatiladi

O‘zbekiston 15:58 / 25.05.2022 3870

Prezident Shavkat Mirziyoyevning “Hisob-kitob tizimini takomillashtirish va xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarning to‘lov intizomini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilindi. Bu haqda Telegram’dagi Nigoh kanali xabar bermoqda.

Hujjatga ko‘ra, barcha toifadagi xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar uchun teng raqobat sharoiti yaratilishini davom ettirish, shuningdek, hisob-kitob tizimining shaffofligini oshirish va xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarning to‘lov intizomini yanada mustahkamlash maqsadida:

  • 2022 yil 15 iyundan boshlab xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarning tijorat banklarida ochilgan qonunchilik hujjatlariga muvofiq undiruvga yo‘l qo‘yilmaydigan maxsus maqsadli hisobvaraqlari tugatiladi. Bunda, xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarning tugatilgan maxsus maqsadli hisobvaraqlaridagi mablag‘lar qoldig‘i ularning asosiy yoki ikkilamchi hisobvaraqlariga o‘tkaziladi;
  • maxsus maqsadli hisobvaraqlar Vazirlar Mahkamasining qarori asosida ochiladi va yopiladi;
  • maxsus maqsadli hisobvaraqlarni ochish va (yoki) yopish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasining qarorlari loyihalari Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi va Markaziy bank bilan majburiy ravishda kelishiladi.
Ko‘proq yangiliklar: