Shimoliy Koreya bir nechta ballistik raketalarni uchirdi 

Jahon 09:30 / 25.05.2022 12480

Shimoliy Koreya tomonidan 25 may, chorshanba kuni sharqiy qirg‘oqdan ballistik raketa uchirilishi «qabul qilib bo‘lmaydigan provokatsiya»dir. Yaponiya mudofaa vaziri Nobuo Kisi shunday bayonot bilan chiqdi.

Kisi jurnalistlarga bergan intervyusida Shimoliy Koreya tomonidan uchirilgan ilk ballistik raketaning 550 km balandlikka chiqqaniga va taxminan 300 km masofani bosib o‘tganiga diqqat qaratdi. Ikkinchi raketa 50 km balandlikka ko‘tarilib, taxminan 750 km masofani bosib o‘tdi, deya qo‘shimcha qildi u. 

Yaponiya mudofaa vazirligi rahbarining so‘zlariga ko‘ra, Shimoliy Koreya ikkitadan ortiq raketa uchirgan bo‘lishi ham mumkin. O‘z navbatida, Janubiy Koreya, o‘z ma’lumotlariga tayanib, KXDR qirg‘oqlaridan uchta raketa uchirilganini ma’lum qildi

So‘nggi oylarda xalqaro izolyatsiyada bo‘lgan va qattiq sanksiyalarga uchragan Shimoliy Koreya bir qator raketa sinovlarini o‘tkazdi. Qo‘shma Shtatlar Pxenyan 2017 yildan beri birinchi marta yadro qurolini ham sinovdan o‘tkazishi mumkinligi haqida ogohlantirmoqda. 

Ayni paytda, AQSh prezidenti Jo Bayden 22 may kuni Yaponiyaga tashrifi chog‘ida Shimoliy Koreyada yangi qurol sinovlari o‘tkazilishidan xavotirda emasligini aytdi. «Biz ular qilayotgan har bir narsaga qanday munosabatda bo‘lish haqida o‘ylab ko‘rdik», dedi Qo‘shma Shtatlar yetakchisi. 

Ko‘proq yangiliklar: