Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqandda Afrosiyob arxeologik obekti yaqinida kovlangan chuqurdan eski sopol buyum va qabriston qoldiqlari topildi
YuNeSKO tomonidan Umumjahon madaniy merosi ro‘yxatiga kiritilgan joyda qazish va qurilish ishlarini olib borgan tashkilotga nisbatan choralar ko‘riladi.

Foto: Madaniy meros agentligi
Ijtimoiy tarmoqlarda fuqarolar tomonidan Samarqand shahridagi Shohi-Zinda ko‘chasida joylashgan Afrosiyob arxeologik obekti yaqinida yer qazish ishlari olib borilgani haqida xabar qoldirilib, madaniy meros hududida qurilish ishlari olib borayotgan korxonaga chora ko‘rishni so‘rab murojaat qoldirilgan.
Madaniy meros agentligi axborot xizmatining xabar berishicha, ushbu murojaat yuzasidan 2022 yil 16 may kuni Samarqand viloyati madaniy meros boshqarmasi va arxeologiya instituti xodimlari ishtirokida o‘rganish ishlari olib borilgan.
O‘rganish davomida aniqlanishicha, YuNeSKO tomonidan Umumjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan Afrosiyob arxeologik obekti yaqinida obodonlashtirish bilan bog‘liq inshoot qurish uchun 9x9x2,5 metr (180 metr kub) yer kovlangan.
Shurf o‘rganilganda qurilish ishlari olib borilayotgan joydan o‘rta asrlarga oid sopol buyum qoldiqlari, g‘isht bo‘laklari va shurfning yuqori qismida qabriston qoldiqlari aniqlangan.
«Yuqoridagilarni inobatga olib, qazish va qurilish ishlarini olib borgan tashkilot bo‘yicha aniqlik kiritgan holda, ushbu tashkilotga nisbatan choralar ko‘riladi», deyiladi Madaniy meros agentligi axborot xizmatining xabarida.
Avvalroq Surxondaryoda Mirzo Ulug‘bek davriga oid xazina topilgandi.
Tavsiya etamiz
Soch to‘kilishi, ko‘z osti qorayishi, lab yorilishi: tana tili bizni nimalardan ogohlantiradi?
Jamiyat | 17:08 / 10.07.2025
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ikkinchi mutaxassislikka qabul boshlandi
O‘zbekiston | 23:51 / 10.07.2025
-
Toshkentda suv quvuri kuchli bosim ostida yorilib ketdi, o‘zbekistonliklar tomonidan Shengen vizasi uchun topshirilgan arizalar soni oshdi - mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 23:48 / 10.07.2025
-
Zelenskiy Ukrainaning AQShdagi elchisini almashtirmoqchi ekanini tasdiqladi
Jahon | 23:42 / 10.07.2025
-
Rossiyalik fermerlar hosilni yig‘ish uchun migrantlar yetishmayotganidan shikoyat qildi
Jahon | 23:17 / 10.07.2025
Mavzuga oid

18:09 / 23.05.2024
Surxondaryoda ikkita arxeologik yodgorlik buzib tashlandi

11:17 / 06.07.2022