Samarqand viloyatida ko‘p miqdorda giyohvand o‘simlik o‘stirayotgan shaxslar ushlandi

O‘zbekiston 10:43 / 25.05.2022 13054

Samarqand viloyati IIB axborot xizmatining xabar berishicha, viloyat IIB JQB Uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash bo‘limi hamda DXX hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Past Darg‘om va Payariq tumanlarida giyohvandlik moddalarini yetishtirib kelayotgan jinoiy guruh a’zolari qo‘lga olingan.

Tadbir davomida, Past Darg‘om tumanida yashovchi, 1976 yilda tug‘ilgan M.A. Juma shahridagi sement saqlash omborxonasidagi 4 sotix yerda jinoiy sheriklari: Past Darg‘om tumanida yashovchi X.B. hamda Toshkent shahrida yashovchi R.A. bilan birgalikda, 2000 ming tupdan oshiq marixuana giyohvandlik vositalarini parvarishlab kelayotgani fosh etilgan.

Tadbir o‘tkazilayotgan vaqtda noqonuniy tarzda giyohvand moddalarni o‘stirib kelayotgan yigitlar omborxonani yoqib yuborishgan. Organ xodimlari tomonidan olov o‘chirilguncha u yerda o‘stirilayotgan marixuananing katta qismi yonib ketgan. Yong‘indan 610 tup marixuana saqlanib qolgan.

Yana bir tadbirda, Payariq tumanida yashovchi A.A. yashash xonadonida 103 tup ko‘knori giyohvand o‘simligini parvarishlab kelgani aniqlanib, hujjatlashtirib olingan.

Qayd etilishicha, ushbu shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: