Rio-de-Janeyroda o‘tkazilgan politsiya operatsiyasi davomida 25 kishi halok bo‘ldi

Jahon 21:41 / 25.05.2022 8149

Rio-de-Janeyrodagi favelalardan (qashshoqlar yashaydigan hudud) birida o‘tkazilgan politsiya operatsiyasi davomida halok bo‘lganlar soni 25 kishiga yetdi, deb xabar berdi Globo telekanali.

Politsiyaning ma’lumot berishicha, halok bo‘lganlarning aksariyati jinoiy guruhlar a’zolaridir.

Harbiy politsiya maxsus kuchlari va federal politsiya hamkorligidagi operatsiya ertalab boshlangan va 12 soat davom etgan. Operatsiyadan maqsad mamlakatdagi eng yirik jinoiy guruhlardan biri Comando Vermelho guruhining mahalliy boshlig‘ini qo‘lga olish bo‘lgan. 

OAVning xabar berishicha, 41 yoshli ayol va voyaga yetmagan bir bola maxsus operatsiyaning tasodifiy qurboniga aylangan.  

Ko‘proq yangiliklar: