Murad Buildings va Nest One yilning eng yaxshi brendlari deb topildi

O‘zbekiston 09:00 / 25.05.2022 6328

MAKON – bu marketing va PR mutaxassislari uchun mamlakatdagi eng yirik forum hisoblanadi. Tadbir davomida Italiya, Rossiya, Qozog‘istondan 5 nafar taniqli ekspert va 6 nafar mahalliy ma’ruzachilar so‘zga chiqib, bozorning eng dolzarb mavzulari haqida fikr almashishdi.

Yil brendi – bu O‘zbekiston xalqi va turli sohalarning yetakchi mutaxassislari fikriga ko‘ra, tovarlar va xizmatlarning eng ommabop toifalari bo‘yicha O‘zbekistonning eng yaxshi brendlariga beriladigan mukofotdir. Bu yilgi ovoz berishda ishtirokchilar soni rekord darajaga yetdi – ro‘yxatga olingan akkauntlar soni 698 431 tani tashkil etdi.

“Ko‘chmas mulk” toifasida brendga bo‘lgan haqiqiy ishonch yana bir bor namoyon bo‘ldi, unda iste’molchilar ketma-ket 3 yil Murad Buildings developerlik kompaniyasiga ovoz bermoqdalar. Xuddi shu nominatsiya bo‘yicha ekspert hakamlar hay’ati e’tirofini Nest One kompaniyasi qo‘lga kiritdi, bu ham Murad Buildings'ning qo‘shma loyihasidir.

“Yil brendi” mukofoti shu tariqa yangi brendlarni qo‘llab-quvvatlaydi va mahalliy marketing guruhlari ishini rag‘batlantiradi. O‘tkazilayotgan tadbirlar yildan yilga O‘zbekistonda tadbirkorlik va reklama xizmatlarini rivojlantirishga xizmat qilmoqda.

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: