Ko‘chmas mulk obektiga kadastr pasportini berish tartibi e’lon qilindi

O‘zbekiston 08:11 / 25.05.2022 11025

“Huquqiy axborot” kanali xabariga ko‘ra, xizmatni ko‘rsatish tartibi quyidagicha:

1. Ariza beruvchi Davlat xizmatlari markazlariga o‘zi kelib murojaat etadi yoki davlat xizmatlaridan elektron tarzda foydalanish uchun YaIDXPda ro‘yxatdan o‘tadi hamda so‘rovnoma to‘ldiradi. 

2. Vakolatli organ (Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi) joylardagi o‘lchovlarni amalga oshiradi.

3. Ariza beruvchi tomonidan hisob-fakturada ko‘rsatilgan to‘lov amalga oshirilgach, kadastr pasporti shakllantiriladi.

Kadastr pasportini tayyorlash obektning murakkabligiga qarab quyidagi muddatlarda amalga oshiriladi:

ko‘chmas mulk obektlarining turar joyga oid qismi bo‘yicha: ko‘p kvartirali uydagi kvartira – 3 ish kunigacha; yakka tartibdagi turar joy – 5 ish kunigacha;

ko‘chmas mulk obektlarining noturar joyga oid qismi bo‘yicha: umumiy maydoni 100 kv.m. gacha – 5 ish kunigacha; umumiy maydoni 100 kv.m. dan 1 000 kv.m. gacha – 7 ish kunigacha; umumiy maydoni 1 000 kv.m. dan 5 000 kv.m. gacha – 10 ish kunigacha; umumiy maydoni 5 000 kv.m. dan 15 000 kv.m. gacha – 15 ish kunigacha; umumiy maydoni 15 000 kv.m. dan 50 000 kv.m. gacha – 20 ish kunigacha; umumiy maydoni 50 000 kv.m. dan ortiq – 25 ish kunigacha; ajratilgan yer uchastkalari bo‘yicha – 3 ish kunigacha.

YaIDXP orqali murojaat etilganda, to‘lov qiymati summasining 90 foizi undiriladi.

Quyidagi hollarda kadastr pasportini rasmiylashtirish bepul amalga oshiriladi:

  • ko‘chmas mulk obekti bo‘yicha birlamchi kadastr yig‘majildi (pasporti) mavjud bo‘lib, begonalashtirilganda yoki obektda o‘zgarishlar (rekonstruksiya, qo‘shimcha va alohida qurilish) mavjud bo‘lmaganda;
  • ko‘chmas mulk obektining bir qismi begonalashtirilganda obektning qolgan qismiga yoki rekonstruksiyasiz toifasi o‘zgarganda;
  • kadastr yig‘majildi (pasporti) yo‘qolganda (yaroqsiz holga kelganda).
  • Ushbu holatlarda kadastr pasporti 3 ish kuni mobaynida rasmiylashtiriladi.

Qog‘oz shaklidagi kadastr pasporti Davlat xizmatlari markazi yoki YaIDXP orqali, plastik shakldagi kadastr pasporti faqat Davlat xizmatlari markazlari orqali taqdim etiladi.

Ko‘proq yangiliklar: