Ukraina mudofaa vazirligi va qator tahlilchilar Rossiya Liman va Severodonetskni egallash uchun katta kuch tashlagani haqida xulosaga kelishdi;
Ukraina mudofaa vazirligi rasmiysi Aleksandr Motuzyanik rossiyalik harbiylar Severodonetskni o‘rab olish va Baxmut shahri mudofaasini yorib o‘tishni mo‘ljallayotganini aytdi;
Rossiya Liman shahriga yurishni ham faollashtirgan. Shahar uchun janglar ketmoqda, rossiyalik harbiylar shahar ko‘chalariga kira boshlagani haqida xabarlar bor;
Ukraina qurolli kuchlari 8 nafar rossiyalikni Kiyev oblastida harbiy jinoyatlar sodir etishda, xususan Motijin qishlog‘i oqsoqoli va uning oila a’zolarini o‘ldirishda aybladi. Qo‘shimcha qilinishicha, ayblanuvchilar orasida yollanma harbiylar ham bor, Ukraina razvedkasi ular Rossiyaning xususiy harbiy kompaniyasi «Vagner»ga aloqadorligini aniqlagan;
Vengriya bosh vaziri Viktor Orban feysbukdagi videomurojaatida Rossiyaning Ukrainaga hujumi tufayli mamlakatda favqulodda holat joriy etilishini ma’lum qildi;
Rossiya hukumati hamkasblariga maktub yozib, urushni qoralagan va ishdan bo‘shagan BMTning Jyenevadagi ofisida Rossiya missiyasi maslahatchisi sifatida ishlab kelgan diplomat Boris Bondarevning iste’fosiga munosabat bildirdi. «Bondarev ortiq biz bilan emas, u bizga qarshi», - dedi Kreml vakili Dmitriy Peskov.
Quyida 24 may kuni Ukrainaning turli hududlarida olingan suratlar.