Germaniyada mamlakatga kirishga joriy etilgan koronavirus cheklovlari bekor qilinadi

Jahon 18:51 / 25.05.2022 3705

Germaniya hukumati 1 iyundan mamlakatga kirishda koronavirus bilan bog‘liq cheklovlarni bekor qiladi.

Ma’lumot berilishicha, GFR hukumati mavjud qoidalarni yumshatishga qaror qildi.

1 iyundan boshlab Germaniyaga kirib kelayotganlardan koronavirusga qarshi emlangani, ushbu kasallikdan tuzalgani yoki manfiy PZR-test topshirgani to‘g‘risidagi hujjatlar talab qilinmaydi.

Mamlakat sog‘liqni saqlash vaziri Karl Lauterbah cheklovlar "avgust oxirigacha bekor qilingan"ini aytdi. Sentyabrdan cheklovlar qaytadan joriy etilish-etilmasligi borasida hozircha ma’lumot berilmagan. 

Ko‘proq yangiliklar: