Beeline digital-formatda hududlarda turizmni rivojlantirishga ko‘maklashadi

O‘zbekiston 15:43 / 25.05.2022 2017

2022 yilning may oyida Beeline digital operator sifatida O‘zbekistonda 260 dan ortiq yangi baza stansiyalarini ishga tushirdi. Bu kompaniya uchun shunchaki texnologik rekord emas: ko‘plab stansiyalar xorijlik va respublikaning boshqa viloyatlaridan kelgan mehmonlar uchun mashhur bo‘lgan joylarda ishlay boshladi. Zamonaviy digital-xizmatlar sayyohlar, mahalliy aholi, shuningdek, O‘zbekistonning turizm infratuzilmasini rivojlantirayotgan tadbirkorlik sub’yektlari uchun qulaylik yaratdi.

Turizm sektori pandemiyadan muvaffaqiyatli tiklanmoqda, biroq sanoatni yanada rivojlantirish uchun yana ko‘p ishlarni amalga oshirish kerak. Arxitektura yodgorliklari, tabiiy va tarixiy obidalar atrofida jahon andozalari darajasidagi infratuzilma shakllanishi kerak. Mamlakat hukumati mehmondo‘stlik sanoatida band bo‘lgan insonlar uchun kamida 200 ming yangi ish o‘rni yaratishni rejalashtirmoqda.

Sayyohlar uchun ham, soha xodimlari uchun ham aloqa xizmatlari muhimligini anglagan holda, Beeline Uzbekistan mashhur sayyohlik yo‘nalishlarida baza stansiyalarini o‘rnatish orqali tarmoqni rivojlantirmoqda. Shunday qilib, Andijon viloyatidagi Imom ota qishlog‘ida tog‘lar bag‘rida hordiq chiqarish, me’moriy obidalar, Imom Muhammad Xonafiy maqbarasi kabi ziyoratgohlarni ko‘rish uchun kelganlarga zamonaviy digital-xizmatlar ko‘rsatilmoqda. Buxoro viloyatida “Xo‘ja Sayid Amir Kulol” sayyohlik majmuasi va To‘dako‘l ko‘lidagi kurort sohil hududida yangi uskunalar ishga tushirildi. Qashqadaryoda esa Shahrisabz shahri yaqinida Hisor tizmasi etagida joylashgan «Miraki» sanatoriysida baza stansiyasi ishga tushirildi. Xorazm viloyatining Yangiariq kulolchilik markaziga tashrif buyurgan sayyohlar qadimiy hunarmandchilik sirlari bilan tanishish chog‘larida yuqori sifatli aloqadan foydalanishlari mumkin.

Yangi baza stansiyalari – bu nafaqat doimiy aloqada bo‘lish imkoniyatidir, shuningdek bu ko‘plab sayyohlar uchun juda muhimdir. Mobil Internet onlayn navigatsiya qilish va turist joylashgan joy haqida qiziqarli ma’lumotlarni qidirish, shuningdek, xaridlar, gidlar yoki taksi xizmatlari uchun naqd pulsiz to‘lovlar uchun Fintech xizmatlaridan foydalanish imkonini beradi. Sifatli internet O‘zbekiston hududlari aholisi, jumladan, kafelar, mehmonxonalar, do‘konlar va boshqa turistik infratuzilma obektlari egalari va xodimlari uchun ham juda kerakli.

“Mamlakat iqtisodiyotini raqamlashtirishda faol ishtirok etish Beeline Uzbekistan’ning global maqsadidir. Shu bilan birga, alohida tarmoqlarni raqamlashtirishga yordam berish kabi xususiy vazifalar ham mavjud. Yil boshidan buyon O‘zbekistonda 500 ga yaqin baza stansiyalarini ishga tushirdik, ularning yarmi may oyida, bu esa bu oyni «rekord» deb hisoblash imkonini beradi. Yangi uskunalarning muhim qismi mashhur dam olish maskanlarida, sayyohlik joylari yaqinida joylashgan. Ammo bizning digital- xizmatlarimizdan nafaqat tashrif buyuruvchilar foydalanishadi. Mahalliy aholi, tadbirkorlik sub’yektlari, davlat idoralari ham yuqori tezlikdagi internet va barcha zarur raqamli xizmatlardan foydalanish imkoniyatiga egadirlar”, — dedi Beeline Uzbekistan texnik direktori Mahmudjon Nodirov.

***

Unitel MChJ 2006 yilning 12 sentabridan boshlab Beeline Uzbekistan savdo belgisi ostida xizmatlar ko‘rsatib kelmoqda. Beeline Uzbekistan bosh qarorgohi Amsterdam (Niderlandiya) shahrida joylashgan VEON xalqaro telekommunikatsiya holdingi tarkibiga kiradi.

VEON 9 mamlakatda 213 milliondan ortiq obunachiga ega global telekommunikatsiya va internet xizmatlari provayderi. Uning aksiyalari NASDAQ va Euronext Amsterdam fond bozorlarida joylashgan.

Beeline Uzbekistan'da 1,6 mingga yaqin xodim ishlaydi. 2006 yildan buyon O‘zbekiston bozoriga kirishi bilan VEON mamlakat telekommunikatsiya sohasiga 1,2 milliard AQSh dollaridan ortiq sarmoya kiritdi. Beeline SB'ning O‘zbekistondagi faoliyati davomida 1,8 milliard dollardan ortiq soliq to‘langan.

Sayt: beeline.uz

Facebook: fb.com/beeline.uz

Instagram: @beeline_uzbekistan

Telegram: t.me/beelineuzbekistan

Twitter: twitter.com/beeline_uz

LinkedIn: linkedin.com/company/beeline-uzbekistan/

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: