Anqarada Shvetsiya va Finlandiyaning NATOga kirishi bo‘yicha muzokaralar yakunlandi

Jahon 22:04 / 25.05.2022 9711

Anqarada Shvetsiya va Finlandiyaning NATOga kirishi bo‘yicha turk, shved va fin delegatsiyalari o‘rtasidagi muzokaralar yakunlandi.

TASS manbasining xabariga ko‘ra, muzokaralar prezident saroyida o‘tkazilgan va besh soatga yaqin davom etgan.

Muzokaralarda Turkiya tomonidan prezident vakili Ibrohim Qalin va tashqi ishlar vaziri Sedat O‘nal qatnashgan.

Manbaning aytishicha, dastlab Turkiya rasmiylari har bir mamlakat delegatsiyasi bilan alohida uchrashuv o‘tkazgan, so‘ngra uch tomonlama yig‘ilish o‘tkazilgan.

Finlandiya va Shvetsiya 18 may kuni NATOga kirish uchun ariza topshirdi. Anqara bu mamlakatlarni terrorchi tashkilot deb e’lon qilingan Kurdiston ishchilar partiyasini qo‘llab-quvvatlashda ayblab, ularning alyansga a’zo bo‘lishiga qarshi chiqmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: