"Yeuronews" kanalida bir hafta davomida O‘zbekiston haqida bir daqiqalik syujyetlar namoyish etiladi

O‘zbekiston 20:00 / 24.05.2022 6169

Shunday roliklardan dastlabkisi Kann kinofestivalida O‘zbekiston Milliy pavilonining faoliyatiga bag‘ishlandi.

Videoyozuvlar "Destination Uzbekistan" kampaniyasi doirasida namoyish etiladi. Ingliz va rus tillaridagi yangiliklar dasturida mamlakatimiz hayotidagi ahamiyatga molik voqealar haqida so‘z boradi. Aytib o‘tish joizki, Kanndagi pavilon allaqachon xalqaro rejissyorlar va prodyuserlar e’tiborini tortgan. Ular bilan kino va televideniye sohalarida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha hamkorlikdagi kelishuvlarga erishildi, memorandumlar imzolandi va ish rejasi belgilandi.

Kampaniyaning maqsadi - O‘zbekistonning yangi imijiga e’tiborni jalb qilish, turizmni rivojlantirish va obro‘sini oshirish, O‘zbekistonning xorijda zamonaviy, intellektual va raqobatbardosh mamlakat sifatida namoyon bo‘lishida ko‘maklashishdan iborat.

Kampaniya o‘z ishini iyun oyida davom ettiradi va Yevropada yashovchi vatandoshlarimiz haqida "O‘zbekistonlik" filmining ikkinchi qismini suratga olish jarayonlarini yoritadi. Shuningdek, 2022 yil iyun oyi oxirida Turizm va madaniy meros vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi va Berlindagi O‘zbekiston elchixonasi ko‘magida Berlinda bo‘lib o‘tadigan "New Uzbekistan" xalqaro forumi to‘g‘risida hikoya qiladi.

Uzbekistan’s club matbuot xizmatiⓉ 

Ko‘proq yangiliklar: